Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori o‘zgardi
Jamiyat
−
03 yanvar 2022
5582O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Abbosjon Mirzorahimov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori etib tayinlandi.
Ushbu lavozimda 2019 yil fevraldan beri Nodirbek Sayfullayev faoliyat olib borayotgan edi. U qaysi ishga o‘tgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Abbosjon Mirzorahimov 1997—2001 yillar Termiz davlat universiteti, 2001—2003 yillar O‘zbekiston Milliy universiteti, 2006 yil O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti (aspirantura), 2011—2012 yillarda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan. Tarix fanlari nomzodi.
Abbosjon Mirzorahimov Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar, muzeylar, axborot resurs markazlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 2016 yil fevralida O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi.
LiveBarchasi