Milliy gvardiyaning vakolatlari kengaytirilmoqda

Jamiyat

image

Milliy gvardiya xodimlarining ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqishdagi vakolatlari kengaytirildi. Bu bo‘yicha kecha, 12 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, Milliy gvardiya organlarining xodimlariga quyidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishga qo‘shimcha vakolatlar berildi:

  • mayda bezorilik, sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish;
  • voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish;
  • jamoat joylarida alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish kabi ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish;
  • bayonnomalar tuzish va ularni ko‘rib chiqish uchun sudga yuborish kabilar kengaytirilgan vakolatlar sirasiga kiradi.

Ushbu Qonun e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 

Eslatib o‘tamiz, Milliy gvardiyaga ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga doir ayrim vakolatlar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing