Milliy gvardiya musiqa akademik litseyi tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekistoni Prezidentining kecha, 16 fevral kuni qabul qilingan qarori bilan Milliy gvardiya Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi negizida Milliy gvardiya Harbiy musiqa akademik litseyi tashkil etildi.

Harbiy musiqa akademik litseyiga ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Jamoat xavfsizligi universiteti biriktirildi.

Harbiy musiqa akademik litseyida:

•    istisno tariqasida, mavjud umumiy o‘rta ta’lim sinflari saqlab qolinadi;
•    o‘quvchilar bepul turarjoy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi;
•    1−2-bosqich o‘quvchilari Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tasdiqlangan bepul kiyim-bosh bilan ta’minlanadi;
•    o‘qitish “Damli va zarbli cholg‘ular ijrochiligi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi;
•    bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom, orkestr artisti malaka darajasi hamda ko‘krak nishoni beriladi.

Harbiy-musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat OTMga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi (shu jumladan, ijodiy imtihonlar bo‘yicha) miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing