Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati Bosh boshqarmaga aylantirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga aylantirildi. Qo‘riqlash bosh boshqarmasining shahodatlangan tarkibi Milliy gvardiya xodimlari hisoblanadi va maqomi bo‘yicha ichki ishlar ishlar organlari xodimlariga tenglashtiriladi. 

Shuningdek, joriy yildan Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlariga har oyda ularning lavozim maoshiga 20 foiz ustama beriladi.

Bundan tashqari, yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra, Qo‘riqlash bosh boshqarmasi ishchi va xizmatchilarining lavozim maoshlarini belgilashda tarif koeffitsiyentlari o‘rtacha ikki baravargacha oshirilgan miqdorda qo‘llaniladi.

Hududiy bo‘linmalar soni maqbullashtiriladi. Ob’ektlarni qo‘riqlash tizimi takomillashtiriladi, shahodatlangan tarkib tomonidan qo‘riqlanadigan ob’ektlar bosqichma-bosqich harbiylashtirilgan soqchilik bo‘linmalariga o‘tkaziladi, jismoniy qo‘riqlash qisqartirib boriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

467

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing