Milliy g‘oya deganda labiga uchuq toshayotganlar ham yo‘q emas – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, kecha, 19 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda davlat rahbari mafkura va ma’naviyat borasida fikrlarini bildirib, ba’zilar hamon sovetcha qarashda qolib ketganini urg‘uladi.

“Afsuski, hali oramizda milliy g‘oyaning, ma’naviyatning mohiyatini to‘liq anglab yetmaganlar, ma’naviyat kerakmi-yo‘qmi deb yurganlar ham yo‘q emas.

Milliy g‘oya deganda eski sovet mafkurasini tasavvur qilib, labiga uchuq toshayotganlar ham yo‘q emas. Bu ham haqiqat.

Lekin agar mafkura odamiy bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini, uning qadr-qimmatini ulug‘lashga xizmat qilsa, nima uchun undan qo‘rqishimiz kerak?

Hamma harakatlarimizning asosi – xalqimizni rozi qilish. Shu munosabat bilan ta’kidlab aytmoqchiman, biz yaratilayotgan Yangi O‘zbekistonning mafkurasi – ezgulik, odamiylik, gumanizm g‘oyasi bo‘ladi.

Biz mafkura deganda avvalo fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tushunamiz.

Albatta, bu yuksak g‘oyalar osmondan tushmagan. Ular xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga asoslangan”, deydi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Milliy g'oya

Baholaganlar

229

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing