Millionerlar dunyo yetakchilaridan ularga yangi soliqlar solishni talab qildi

Olam

image
Dunyo iqtisodiyoti Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta sinovga yuzlandi – XVJ north_east

Dunyo iqtisodiyoti Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta sinovga yuzlandi – XVJ

Bir guruh millionerlar Davos Iqtisodiy Forumiga kelgan dunyo yetakchilaridan global tengsizlikni kamaytirish uchun ularga yangi soliqlar joriy etishni talab qilishdi.

“Hukumatlarimiz tengsizliklarni bartaraf etish uchun hali ham hech narsa qilmayapti. Buning o‘rniga ular shaxsiy boylik ko‘rgazmalarida ishtirok etib, yopiq eshiklar ortida uchrashmoqda. Bu yil yana chorak milliard odam o‘ta qashshoqlikka duchor bo‘ladi. Dunyoni muvozanatlash vaqti keldi. Boylarga soliq solish vaqti keldi”, deydi norozilik bildirayotgan millionerlardan biri Marlen Engelxorn.

Aksiya “Vatanparvar millionerlar” guruhi a’zolari tomonidan tashkil etildi. Guruh birinchi marta 2010 yilda AQSHda yig‘ilib, mamlakatning sobiq prezidenti Jorj Bush tomonidan kiritilgan boylar uchun soliq imtiyozlarini bekor qilishni talab qilgan. O‘shandan beri tashkilotga 200 dan ortiq badavlat kishilar qo‘shilgan. Millionerlar, jumladan, eng kam ish haqini oshirish va progressiv soliq shkalasini takomillashtirish tarafdori.

Joriy yilning 22 may kuni Shveysariyaning Davos shahrida an’anaviy iqtisodiy forum ochildi. Sessiyalarda ikki mingdan ortiq kishi ishtirok etadi – siyosiy va biznes elita vakillari, jumladan, davlatlar rahbarlari so‘zga chiqadi.

Sammitning asosiy mavzularidan biri Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus operatsiyasi” va uning oqibatlari bo‘ladi. Forumga Rossiyadan ishtirokchilar taklif etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing