Dunyo iqtisodiyoti Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta sinovga yuzlandi – XVJ
Olam
−
24 may 2022
5138Jahon iqtisodiyoti, ehtimol, Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng katta sinovga duch kelmoqda. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi arafasida tashkilot saytida e’lon qilingan hisobotida aytiladi.
Inqiroz bir qator sabablarga ko‘ra yuzaga keldi, jumladan pandemiya va Ukrainadagi vaziyat. Bu oziq-ovqat va energiya narxlarining oshishi, yetkazib berish zanjirlarining uzilishi, mamlakatlar, kompaniyalar, oilalar uchun moliyaviy sharoitlarning keskinlashishiga olib keldi, deya ta’kidlagan XVJ.
Jahon iqtisodiyoti muammolarini hal qilish uchun XVJ bir nechta ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratishni taklif qilmoqda. Tovar taqchilligi va yuqori oziq-ovqat narxlari bilan kurashish uchun savdo to‘siqlarini yumshatish, mamlakatlarning qarz muammolarini hal qilish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun qarzdorlar va kreditorlar uchun aniq tartib va muddatlarni joriy etish shular jumlasidan.
Bundan tashqari, transchegaraviy to‘lovlarni modernizatsiya qilish kerak.
“Samarasiz to‘lov tizimlari iqtisodiy o‘sish yo‘lidagi yana bir to‘siqdir. Xalqaro transferning o‘rtacha narxi 6,3 foizni tashkil qiladi. Bu yiliga 45 milliard dollarga yaqin mablag‘ vositachilar qo‘liga o‘tkazilib, millionlab kam ta’minlangan oilalardan tortib olinayotganini anglatadi”, deya tushuntirdi XVJ.
Kamronbey Kenjayev
LiveBarchasi