Milliardlar: 2020 yil eng ko‘p byudjet pulini talon-toroj qilgan vazirlik aniqlandi

Jamiyat 28602
image

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020 yilda byudjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari to‘g‘risida ma’lumotlari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, eng ko‘p qonunbuzilish holatlari Xalq ta’limi vazirligi tizimida kuzatilgan. Hisobot davrida vazirliklar va idoralar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari hamda boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etgan:

Xalq ta’limi vazirligi tizimida o‘tkazilgan 709 ta nazorat tadbirlarining 573 tasida 96,6 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (29,8 mlrd so‘m) nisbatan 3,2 martaga oshgan.     

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida o‘tkazilgan 723 ta nazorat tadbirlarining 523 tasida 40 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (13,8 mlrd so‘m) nisbatan 2,9 martaga oshgan.

Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida o‘tkazilgan 327 ta nazorat tadbirlarining 270 tasida 16,7 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (8,3 mlrd so‘m) nisbatan 2 martaga oshgan.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida o‘tkazilgan 124 ta nazorat tadbirlarining 106 tasida 9,4 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2019 yilga (1,1 mlrd so‘m) nisbatan 8,5 martaga oshgan.

Shuningdek, Madaniyat (6,8 mlrd so‘m), Suv xo‘jaligi (5,6 mlrd so‘m), Oliy va o‘rta maxsus ta’limi (5 mlrd so‘m), Jismoniy tarbiya va sport (4,1 mlrd so‘m), Qishloq xo‘jaligi (3,1 mlrd so‘m) vazirliklari va ular tizimidagi byudjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

“O‘zbekkino” milliy agentligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 17,9 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

Bundan tashqari, hokimiyatlar (3,5 mlrd so‘m), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (7,8 mlrd so‘m), hokimiyatlar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari (8,4 mlrd so‘m)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 894
Reyting: 3
t
×