Milliarderlar jangi: NASA Jeff Bezos sababli Ilon Mask bilan shartnomani to‘xtatdi 

Olam

image

AQSH Aeronavtika va kosmos milliy boshqarmasi (NASA) milliarder Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan tuzilgan Oyga qo‘nuvchi qurilmani ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomani to‘xtatdi. Bu haqda “Reuters” agentligi NASA’ga asoslanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bunga Ilon Maskning raqibi — boshqa milliarder, “Blue Origin” asoschisi Jeff Bezosning sudga kiritgan da’vosi sabab bo‘lgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, NASA shartnoma ijrosini joriy yilning 1 noyabriga qadar to‘xtatgan. Jeff Bezosning da’vosi 14 oktyabr kuni sudda ko‘rib chiqiladi. “Blue Origin” xabariga ko‘ra, NASA modulni yaratish bo‘yicha kompaniya taklifini noto‘g‘ri baholagan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda NASA “Artemis” Oy dasturi loyihasi boshlanganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Yerning tabiiy yo‘ldoshiga qo‘nish 2024 yilda amalga oshirilishi kerak. Parvozlar tanlovida esa Ilon Mask boshchiligidagi SpaceX g‘olib chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

266

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing