Milliarder Lars Larsen vafot etdi
Olam
−
20 avgust 2019 5513 1 daqiqa
Daniyaning yeng boy odamlaridan biri, milliarder Lars Larsen 71 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda TASS.
Larsen 19 avgust kuni mamlakat g‘arbidagi Silkeborg shahridagi uyida vafot yetgan. Larsen mebel sotuvchisi Jyskning asoschisi edi. Hozirgi vaqtda Jysk tarmog‘ida 50 mamlakatda 2,6 mingdan ortiq do‘kon mavjud.
Shu yilning iyun oyida Larsen jigar saratoni tashxisi qo‘yilgani sababli Jysk direktorlar kengashi raisi lavozimidan iste’foga chiqdi. Hozirda kompaniya boshqaruvida uning o‘g‘li qolmoqda.
Bu yil “Forbes” jurnali Larsenning boyligini 4,4 milliard dollarga baholadi va u Daniyaning eng boy odamlari ro‘yxatida yettinchi, nashrning dunyo reytingida milliarder 424-o‘rinni egallagan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr