“Milan” Ibragimovichga hozirgidan qariyb 3 baravar kam maoshli shartnoma taklif qildi

Sport 2377
image

“Milan” Zlatan Ibragimovichga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

Italiyaning “Milan” futbol klubi hujumchisi  Zlatan Ibragimovichga yiliga 2,5 million yevro maosh evaziga yangi shartnoma taklif qiladi. Bu haqda jurnalist, insayder Nikola Skira xabar berdi

Jurnalist Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, aprel oyi oxirida “rossonerilar” 40 yoshli shved bilan muzokara olib borishni va unga 2,5 million yevro maosh va bonuslar bilan yangi bir yillik shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Hozirda Ibragimovich har mavsumda 7 million maosh oladi.

Ma’lumot o‘rnida,  Zlatan Ibragimovich “Milan” safida Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’ruf Abdumalikov

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 35
Reyting: 2.8
t
×