Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi

Jamiyat

image

So‘nggi vaqtlarda Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan o‘zbekistonliklar orasida Internet orqali katta miqdordagi pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi e’lonlar bo‘yicha muammolar yuzaga kelmoqda. O‘zbekiston tashqi mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolarni norasmiy kurerlik xizmatlariga ishonmaslikka chaqirdi.

“Murojaatlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, norasmiy kurerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida politsiya xodimlari tomonidan kurerlar ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda”, deyiladi agentlik bayonotida.

Shu munosabat bilan, agentlik o‘zbekistonliklarni norasmiy kurerlik xizmatlarida ishlamaslikka, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikka chaqirgan. Yoki mahsulotni, albatta, tekshirish kerakligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

318

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing