Yana bir soha xodimlari uchun arzon uylar quriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada o‘rmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan:

•    O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi;

•    Qo‘mita tizimiga kiruvchi byudjet tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlari 1,5 koeffitsiyentga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra, oliygohlarning o‘rmonchilik yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan paytda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan talabalarning to‘lov-kontrakt pullari keyinchalik Qo‘mita tizimidagi tashkilotlarda kamida 5 yil ishlab berish sharti bilan to‘lab beriladi.

Shuningdek, soha xodimlarini imtiyozli shartlarda turar joy bilan ta’minlash maqsadida Darxon ilmiy-tajriba stansiyasi hududida ko‘p qavatli arzon uy-joylar quriladi.

Qaror bilan 2020–2024 yillarda o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

uy-joy o'rmonchilik

Baholaganlar

138

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing