MIBning Toshkent viloyat boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyat boshqarmasiga Ahrorbek Orziyev rahbar etib tayinlandi. Bu haqda byuro Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tayinlovga qadar ushbu lavozimda Abdulla Qodirov faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Ahrorbek Orziyev 1984 yil Andijon viloyatida tug‘ilgan. Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2007 yilda Andijon viloyatining Izboskan tumanida boshlagan va bir qator mas’ul lavozimlarda ishlab kelgan, byuro organlarida esa ish faoliyatini 2019 yildan boshlagan. 

Mazkur tayinlovga qadar, Ahrorbek Orziyev byuroning markaziy apparatida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar hujjatlarini ijro etish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

199

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing