MIB direktori Xorazm viloyati prokurori etib tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 12 oktyabr kuni Xorazm viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev, viloyat hokimi Farxod Ermanov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev Xorazm viloyatiga prokuror etib tayinlandi.

Botir Qudratxo‘jayev 2016-2017 yillarda Toshkent shahri prokurori bo‘lgan, undan avvalroq 2014−2016 yillara esa Surxondaryo viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi, viloyat prokurori bo‘lib ishlagan.

U 2017 yil iyunidan hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil fevralidan hozirga qadar Xorazm viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Jahongir Hotamov Namanganga prokuror etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Botir Qudratxo'jaev

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing