Meyveyzer va Kardashian kriptovalyuta firibgarligida ayblanmoqda
Olam
−
14 yanvar 2022 5832 1 daqiqa
Professional boksning besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyveyzer boshqa mashhur shaxslar kriptovalyuta firibgarligida ayblanmoqda.
Joriy yilning 7 yanvar kuni AQSHning Kaliforniya shtati markaziy okrugi sudiga berilgan da’voga ko‘ra, Meyveyzer, Kim Kardashian va NBA'ning sobiq hujumchisi Pol Pirs o‘z muxlislarini “EthereumMax” tokenlarini sotib olishga ishontirgan.
Da’voga ko‘ra, bu kriptovalyuta narxini sun’iy ravishda oshirib, yulduzlarga o‘z ulushlarini sotishga imkon bergan. So‘ngra kriptovalyutaning qiymati tushirilgan va shu tariqa foydalanuvchilar daromaddan “quruq qolishgan”.
Shuningdek, Meyveyzer 2021 yil 6 iyun kuni Logan Pol bilan ko‘rgazmali jangi oldidan ushbu kriptovalyuta kompaniyasini bir necha bor targ‘ib qilgan.
2021 yil 26 may kuni esa “EthereumMax” Meyveyzer – Pol bellashuvining onlayn chipta xaridorlari uchun kriptovalyutaning yagona shakli ekanligi e’lon qilingan edi. Sayt chipta xaridorlariga Meyveyzerning jangdan keyingi intervyusida qatnashish imkoniyatini ham va’da qilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025