Metropoliten tilga kirdi. Metroda nima bo‘lgandi?
Jamiyat
−
17 iyun 2022
10231Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda qisqa tutashuv tufayli metro vagonining bir qismi yonib ketgani aks videolavha tarqalgandi. Ushbu holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK izoh berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 16 iyun kuni soat 20:05 lar atrofida "Yerusti halqa yo‘li" yo‘nalishining 6 va 7-bekatlari oralig‘ida joylashgan yo‘l chetidagi to‘sin tunkasining bir qismi atrofdagi kuchli shamol sababli o‘z o‘rnidan ko‘chishi natijasida harakatlanib kelayotgan harakat tarkibining tok qabul qilish moslamasiga tekkan. Buning oqibatida esa qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.
"Shundan so‘ng, mashinist harakat tarkibini to‘xtatib, harakatlanishga xavf soladigan holatlar yo‘qligini tekshirib, o‘z harakatini davom ettirgan. Mas’ul xodimlar holat yuzasidan joyiga borib o‘rganish ishlarini olib borishdi", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi