Metroga kirishda sumkasida bomba borligini aytgan qiz qamaldi

3-sahifa

image

Avvalroq Toshkent metropolitenida sumkasida bomba borligini aytib hazillashgan qiz hibsga olingani haqida xabar bergan edik. Mazkur holatga bo‘yicha rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish sudda ko‘rib chiqildi va qiz 5 sutka qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari ma’lum qildi.

Kecha, 24 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida videokonferensaloqa vositasida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 199-moddasi (maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik) da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan S. X. (2003 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan) ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi.  

Ish hujjatlariga ko‘ra, S. X. joriy yilning 22 oktyabr kuni Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy” bekatida, metropolitenda xizmat qiluvchi ichki ishlar organlari xodimlariga sumkasida “bomba” bor, deb yolg‘on xabar bergan. Shu asnoda metro bekatida jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan mayda bezorilik sodir qilib, ichki ishlar organi xodimlari va maxsus xizmat xodimlarini qasddan aldab chaqirgan.

Sudning qaroriga ko‘ra, S. X. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 va 199-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga ushbu kodeksning 34-moddasi tartibida uzil-kesil 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Mazkur qaror ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda berilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

552

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing