Metroda to‘lov kartalari ishlamay qoldi

Jamiyat

image

Toshkent metropolitenining ayrim bekatlarida ATTO va Humo to‘lov kartalari ishlamayapti. Natijada vestibyullarda navbat yuzaga kelmoqda.

“Toshkent metropoliteni” DUKning ma’lum qilishicha, “Metrotelekom”da texnik uzilishlar kuzatilayotgani tufayli to‘lov kartalari ishlamay qolgan.

“Ba’zi bekatlarda Wi-Fi orqali to‘lovni amalga oshirish mumkin. Ammo QR kodli to‘lov tizimlaridan barcha bekatlarda foydalanish mumkin”, deyiladi rasmiy izohda.

Metropoliten ma’muriyati yuzaga kelgan vaziyat uchun uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

160

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing