Metroda navbatdagi nosozlik: Hayit kuni yo‘lovchilar sarson bo‘ldi  

Jamiyat

image

Bugun, 13 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda metroda yana nosozlik ro‘y bergani aks etgan videolavhalar tarqala boshladi. 

Ma’lum bo‘lishicha, soat 10:30 dan 11:00 gacha bo‘lgan oraliqda Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishi “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekatidagi yo‘lovchilar poyezd kelishini 30-40 daqiqa kutgan. Oqibatda metropolitenda juda ko‘p odamlar yig‘ilib qolgan. 

Vaziyatdan chiqish uchun, yo‘lovchilar “Amir Temur xiyoboni” metro bekatigacha o‘z yo‘nalishiga teskari harakatlangan poyezdlarda yetkazilgan. 

Mazkur holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” UK rasmiy izoh berdi.
 
Unga ko‘ra, Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishida texnik-profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 10:30 dan 11:00 gacha poyezdlar aylanmasi “Amir Temur xiyoboni” bekatiga amalga oshirilgan.

Poyezdlar Sergeli yo‘nalishining “5-bekat”dan “Amir Temur xiyoboni” bekatigacha grafik asosida harakatlanib, “Amir Temur xiyoboni” bekatidan “Buyuk Ipak yo‘li” bekatigacha poyezdlar bir tomonlama harakatlangan.

Ayni vaqtda poyezdlar o‘rnatilgan tartibda va harakat jadvaliga asosan harakatlanayotgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Toshkent metrosining to‘laqonli harakatlanishida bir necha marotaba uzilishlar ro‘y berdi. Bu holatlarning ba’zilarida metro poyezdi manzilga yetib bormay, yo‘lning o‘rtasida to‘xtab qolib, odamlarni sarson qilgan bo‘lsa, boshqalarida poyezdning eshiklari yopilmay qolib, yo‘lovchilarning hayotini xatarga qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

290

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing