Metroda begona ayolga tegingan erkak qamaldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 6 mart kuni Toshkent metropolitenining “Paxtakor” va “Novza” bekatlari oralig‘ida, elektropoyezd vagoni ichida begona ayolning belidan past qismiga tegingan erkak qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi. 

Ish materiallariga ko‘ra, voqea 6 mart kuni poytaxtdagi metro vagonida, “Paxtakor” va “Novza” bekatlari oralig‘ida sodir bo‘lgan. Namangan viloyatidan bo‘lgan 27 yoshli fuqaro bir necha bor ayolning tanasiga tegib, unga shahvoniy shilqimlik qilgan.

Sudlanuvchining o‘zi aybini qisman tan olgan va jismoniy aloqa tasodifiy bo‘lganini va metro vagonida odamlarning ko‘pligidan kelib chiqqanini aytgan. Shuningdek, u o‘z qilmishlaridan pushaymon ekanligini bildirgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudi erkakni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) bo‘yicha aybdor deb topgan va unga besh kunlik ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida avtobusda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 10 sutkaga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metropoliten shahvoniy shilqimlik qilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing