Metro bekatlaridan biriga Sharof Rashidov nomi berilishi taklif qilinyapti
Jamiyat
−
01 noyabr 2019
6066Ma’lumki, ayni vaqtda poytaxt Toshkentda metroning Sergeli yo‘nalishi qurilishi jadal olib borilmoqda. 24 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev qurilish ishlari bilan tanishgan edi.
Jamoatchilik, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Toshkent metrosining Sergeli yo‘nalishi bekatlaridan biriga davlat arbobi, shoir va yozuvchi Sharof Rashidov nomi berilishini taklif qilyapti.
Tarmoq foydalanuvchilari O‘zbekistonda metro qurilishining tashabbuskori sifatida O‘zbekiston SSRni boshqargan rahbar, yozuvchi va shoir Sharof Rashidovich Rashidov xotirasiga hurmat ramzi sifatida yangi davrda qurilgan metro bekatlaridan biriga uning nomini berish adolatli qaror bo‘lishini ta’kidlamoqda.
“Kreml metroni Toshkentda emas, Olmaotada qurishni ko‘zlagan. Lekin Rashidov “yer osti relsi”ni Toshkentga bura olgan. Albatta, bu tarix. Biroq savol tug‘iladi. Sharof Rashidov nomi metro bekatlaridan biriga berilish uchun arziydimi, yo‘qmi?” degan savol o‘rtaga tashlanmoqda.
Siz nima deysiz?
Ma’lumot o‘rnida, Sergeli yo‘nalishida 7 kilometr temir yo‘l va 6 ta bekat qurilishi belgilangan. Sergeli yo‘nalishi Chilonzor liniyasining “Olmazor” bekatiga ulanadi.
LiveBarchasi