Metalni qayta ishlash korxonasida ikkita transformator yonib ketdi

Jamiyat

image

Kecha, 26 avgust kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahri “Taraqqiyot” MFY S.Alimov ko‘chasi 20-uyda joylashgan “Wang Da Group” MCHJga qarashli metalni qayta ishlash korxonasi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda yong‘in-qutqaruv qismiga soat 22:15 da xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yo‘naltirilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga yetib borgan vaqtida korxona hududida joylashgan 2 ta “TM-35” rusumdagi transformatorlar ochiq alanga bilan yonayotganligi ma’lum bo‘lgan. Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 22:22 da qurshab olinib, soat 00:25 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘indan korxonaning 740 kv metr maydonda ishlab chiqarish binolari saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing