Meta yarim milliondan ortiq hisobni blokladi

Olam

image

Avstraliyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklovchi qonun kuchga kirishi ortidan Meta kompaniyasi Instagram, Facebook va Threads platformalarida 500 mingdan ortiq hisobni blokladi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi qonunga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan avstraliyaliklarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Shu sababli Meta mazkur talabdan kelib chiqib, taxminan 550 ming akkauntni o‘chirgan.

Meta kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklash ayrim o‘smirlarni onlayn qo‘llab-quvvatlash va muloqot imkoniyatlarini cheklashi mumkin deb xisoblaydi. Shuningdek, bunday cheklovlar bolalarni nazorati kamroq bo‘lgan boshqa ilovalarga o‘tishiga olib kelishi ehtimoli mavjud.

Qayd etilishicha, bugun ko‘plab mamlakatlar bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashga urinmoqda. Ammo Avstraliya bu borada eng keskin chorani qo‘llagan: mamlakatda 16 yoshga to‘lmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish qat’iyan taqiqlangan va bu qoida uchun hech qanday istisno holati yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Instagram voyaga yetmaganlar uchun yangi cheklovlar joriy qilgan edi. Unga ko‘ra, 18 yoshdan kichik foydalanuvchilar PG-13 reytingiga mos kontentni ko‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Avstraliya Instagram Meta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing