Meta, Apple va Google yarim yilda O‘zbekistonda qancha soliq to‘ladi?
Jamiyat
−
04 avgust 4933 1 daqiqa
O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 72 ta xorijiy kompaniya tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligida 78,2 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 42 foiz o‘sish degani. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, to‘langan soliqlarning 94 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi:
- Meta – 22,6 mlrd so‘m;
- Apple – 22,1 mlrd so‘m;
- Google – 19,4 mlrd so‘m;
- OpenAI – 2,9 mlrd so‘m;
- Vooking.som – 1,9 mlrd so‘m;
- TikTok – 1,8 mlrd so‘m;
- Netflix – 896,2 mln so‘m;
- Acca – 797,1 mln so‘m;
- Zoom – 786,7 mln so‘m;
- Adobe – 530,8 mln so‘m.

Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari Soliq kodeksining 281-moddasiga muvofiq o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda Meta, Google, Apple va shu kabi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonda qariyb 116 mlrd so‘m soliq to‘lagani xabar qilingan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr