Messisiz “Barselona”ning mavqeyi o‘zgarib qolmaydi — “Real” bosh murabbiyi

Sport

image

“Real Madrid”ning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Lionel Messining PSJga o‘tganidan so‘ng, “Barselona” bilan vujudga keladigan raqobat haqida fikr bildirdi.

“Uning ketishi meni hayron qoldirdi, chunki Messi bolaligidan “Barselona”da o‘ynagan. Biroq, futbolchilarning o‘z klublarini o‘zgartirishi ajablanarli holat emas. Men Messi va “Barselona”ning qarorini juda hurmat qilaman.

Biz “Barselona” bilan raqobatlashishimiz kerak. “Kamp Nou” egalari dunyoning eng zo‘r jamoalaridan biri va Messi klub ro‘yxatiga kiradimi yoki yo‘q uning mavqeyi o‘zgarmaydi. Biz ularni yengishimiz kerak”, deydi Don Karlo.

Shuningdek, Karlo Anchelotti jamoasining tarkibi va Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish imkoniyatlarini baholadi.

“Chempionlar Ligasida g‘olib chiqish imkonsiz emas. To‘g‘ri, boshqa klublar yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolagan. Biroq, bizning tarkibimiz juda kuchli. Agar murabbiy o‘yinchilarga o‘z imkoniyatlarini 100 foiz namoyish etishga sharoit yaratsa, futbolchilar dunyoning barcha jamoalari bilan raqobatlasha oladi.

Transfer oynasi 31 avgustda yopiladi. Hech kim xarid qilinmaydi, deb kafolat berolmayman”, deydi “Real” bosh murabbiyi.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” 2014 yilda Karlo Anchelotti bilan 12 yil kutilgan YeCHL kubogini qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lionel' Messi PSJ Real Madrid Karlo Anchelotti

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing