Messining jarohat olgani tasdiqlandi

Sport

image

“Inter Mayami” jamoasi hujumchisi Lionel Messining mushaklaridan jarohat olgani tasdiqlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Argentinalik futbolchi kecha, 25 may kuni “Filadelfiya Yunion”ga qarshi kechgan va 6:4 hisobida yakunlangan bahsda jismoniy noqulaylik tufayli almashtirilgandi. Tibbiy tekshiruvlar natijasida, 38 yoshli futbolchining chap son mushaklarida charchoq bilan bog‘liq yengil cho‘zilish aniqlangan. Klub uning tiklanish muddati bo‘yicha keyinroq qo‘shimcha ma’lumot berishini ma’lum qildi.

Amaldagi Jahon chempionlari Argentina terma jamoasi hali AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibni e’lon qilganicha yo‘q. Lotin Amerikasi vakillari musobaqada “J” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Jazoir, Avstriya va Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi 2022 yilgi Jahon chempionatida 7 ta gol urib, musobaqaning “Kumush butsa” mukofotini qo‘lga kiritgan edi. Argentina finalda Fransiyani penaltilar seriyasida 4:2 hisobida mag‘lub etib, jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi jarohat “Inter Mayami”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing