Messining yuzi makkajo‘xori dalasida paydo bo‘ldi (foto)

Sport

image

Argentina terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida g‘alaba qozonib, o‘z xalqiga katta quvonch keltirdi va Lionel Messi bu muvaffaqiyatning bosh qahramoniga aylandi. Argentinalik fermerlar makkajo‘xori dalasida PSJ futbolchisining ulkan portretini yasash orqali terma jamoa sardoriga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda “TJ Sports USA” YouTube kanali xabar berdi.

Dron tasvirlari internetga joylashtirildi. Kadrlarda Messining yuzi shaklida ekilgan makkajo‘xori dalasi aks etgan.

Qayd etilishicha, Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida g‘olib chiqqanidan so‘ng, fermerlar o‘z dalalarida Lionel Messi yuz ifodasini yaratish uchun ma’lum tartibda makkajo‘xori urug‘ini ekkan. Tarixiy g‘alabadan bir oy o‘tib, nihollar unib chiqdi va JCH-2022 eng yaxshi futbolchisining ulkan portretiga aylandi. 

Eslatib o‘tamiz, JCH-2022 finalida Argentina Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratib, o‘z tarixida uchinchi marta mundial g‘olibligini qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Argentina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing