Messining yillik maoshi ochiqlandi
Sport
−
07 mart 2343 1 daqiqa
AQSHning “Inter Mayami” jamoasi egasi Xorxe Mas klub hujumchisi Lionel Messi haqida gapirib, klub nima sababdan yirik homiylik shartnomalariga ehtiyoj sezishini tushuntirdi. Bu haqda Xorxe Mas “Bloomberg” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Homiylar – ayniqsa jahon darajasidagi homiylar – biz uchun juda muhim. Chunki futbolchilar juda qimmat. Men Messiga barcha bonuslarni ham qo‘shib hisoblaganda yiliga 60-70 million yevro to‘layman. Lekin u har bir tiyiniga arziydi”, deydi Mas.
Ma’lumotlarga ko‘ra, argentinalik yulduz dunyoda eng ko‘p maosh oladigan futbolchilar ro‘yxatida “Al‑Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldudan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Ma’lumot uchun, Lionel Messi Ispaniya chempionati, “Barselona” hamda Argentina terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U milliy jamoa bilan ikki bor Amerika Kubogi (2021, 2024), Finalissima (2022) va 2022 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Argentinalik futbol yulduzi 2023 yildan buyon AQSHning “Inter Mayami” klubida o‘ynamoqda. 2025 yil dekabr oyida u jamoasi bilan MLS chempionligini qo‘lga kiritdi.
Live
Barchasi