Messining sobiq jamoadoshi ham AQSH klubiga o‘tadi

Sport

image

Ispaniyalik 34 yoshli yarim himoyachi Serxio Buskets AQSHning “Inter Mayami” klubiga o‘tadi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, erkin agentga aylangan Ispaniyaning “Barselona” klubi futbolchisi shu vaqtga qadar AQSHning “Inter Mayami”, Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” va “Al-Hilol” klublari bilan muzokara olib borgan.

Saudiyaliklar Busketsga ancha katta shartnoma taklif qilgan, biroq uning so‘nggi qarorga kelishiga sobiq jamoadoshi argentinalik Lionel Messi aynan “Inter Mayami” bilan shartnoma imzolagani ta’sir qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 30 iyun kuni rasman erkin agentga aylanadigan Serxio Buskets 2022/2023 mavsumda “Barselona” klubi safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq argentinalik hujumchi Lionel Messi AQSHning “Inter Mayami” klubi bilan shartnoma imzolagani va klub rahbariyati bu uchun futbolchiga nimalarni va’da qilgani haqida xabar berilgandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing