Messining muxlislari teatrni qurshab oldi (video)

Sport

image

Argentinalik futbol muxlislari doimiy Leo Messining ortidan ergashadi – yaqindagina Messi restoranga borganida muxlislar darhol o‘sha yerda to‘plangan, ba’zi ishqibozlar esa hatto futbolchining mashinasini quvib ketgan.

Bu safar kimdir Internetda Leo teatrga kelgani haqida xabar  tarqatdi – natijada bir necha daqiqadan so‘ng teatr oldida muxlislar olomoni yig‘ildi.

Teatr rahbariyati tashqi ekranda e’lon chiqarishga majbur bo‘ldi. E’londa Messi teatrda yo‘qligi aytildi va olomondan tarqalishi so‘raldi, haqiqatdan ham Leo o‘sha oqshom teatrga bormagan bo‘lsada, hech kim e’longa ishonmagan va ketmagan.

Eslatib o‘tamiz, 28 mart kuni Messi otasidan “Barselona” bilan muzokara o‘tkazishni so‘ragani ma’lum bo‘ldi. Leoning o‘zi esa sobiq jamoadoshi Xavi bilan kelajagi borasida doimiy muloqotda bo‘lib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Leo Messi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made