Messining qachongacha to‘p tepishi ma’lum qilindi

Sport

image

Xosep BartomeuBarselona prezidenti Xosep Bartomeu jamoa sardori Lionel Messi jamoadan ketgandan keyin klubning keyingi taqdiri haqida o‘ylashni boshlaganini tan oldi.

“Men bilmayman, Messi qachon faoliyatini tamomlaydi? Ammo umid qilamanki, u 45 yoshgacha futbol o‘ynay oladi. Biz uning ketishiga Usmon Dembele, Kleman Langle, Artur kabi yosh o‘yinchilarni taklif qilgan holda tayyorlanyapmiz. Axir biz undan keyin ham buyuk jamoani qurishimiz kerak. Ammo ungacha yana hali ancha bor deb o‘ylayman”, deydi Bartomeu.

Messi joriy mavsum “Barselona” safida 46 ta o‘yin o‘tkazib, 48 ta gol urdi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lionel' Messi

Baholaganlar

133

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing