Messining akasi u “Barselona”ga qachon qaytishini aytdi

Sport

image

“Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta hamda Messining otasi va agenti Xorxe o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbatda 3 ta asosiy masala muhokama qilingan. Bu haqda “Sports.ru” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ular Messining “Barselona” safidagi ehtimoliy kelajagi, klubning unga to‘laydigan maoshi va, asosan, Lionelning akasi Matias Messi bildirgan e’tirozlar haqida suhbatlashgan. 

Aytish joizki, ushbu uchrashuv ular o‘rtasidagi yuzma-yuz o‘tgan birinchi suhbat bo‘lgan.

Lionelning akasi Matias Messi vaziyat yuzasidan quyidagi fikrlarni bildirgan: 

“Barselona” qo‘lidagi ko‘p yutuqlar Messi sharofati bilan olingan. “Real Madrid”ni hamma biladi, Messisiz “Barselona” esa hech narsa emas. Leo “Barselona”ni tanitishdan oldin deyarli hech kim bu klubga qiziqmasdi. Jamoa Messi tufayli tanildi. Hozirchi? Nihoyat uning holi shu bo‘ldimi?

Bir kuni onam menga shunday degan edi: “Ular jamoada Ronaldinoga qilgan ishini Leoga nisbatan ham takrorladi. Muxlislar va jamoadoshlari esa uni qo‘llab-quvvatlamadi. Ular Laportani ketishga, Messini esa qolishga undashi kerak edi. Ispanlar – xoin. Ular o‘g‘limga nisbatan adolatsizlik qildi”.

Messining oila a’zolari bergan yakuniy qarorga ko‘ra, Lionel “Barselona” safiga qaytarmoqchi emas. Agar qaytsa ham, avvalo, yaxshi “tozalash” ishlarini amalga oshirib boradi. Ular Laportani lavozimidan ozod qilinishini xohlamoqda.  

Ta’kidlash joiz, Lionel Messi va “Barselona” klubining amaldagi murabbiyi Xavi Ernandes o‘rtasidagi munosabatlar yomon emas. Buning tasdig‘i o‘laroq, Jahon chempionati oldidan Xavi va Messi birgalikda ovqatlanganini aytish mumkin. Ya’ni, ular hali-hamon doimiy ravishda muloqot qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, argentinalik futbolchi Lionel Messi 2021 yilda “Barselona” safini tark etgan edi. 35 yoshli hujumchi so‘nggi ikki mavsumni PSJda o‘tkazdi. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing