Messiga yana bir mukofot topshirildi

Sport

image

“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi tarixdagi eng ko‘p mukofot olgan futbolchi sifatida taqdirlandi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Marca” nashri 37 yoshli argentinalik futbolchiga uning futbol maydonidagi yutuqlarini e’tirof etib, maxsus mukofotni topshirgan. Marosim “Inter Mayami”ning Fort-Loderdeyldagi uy stadionida bo‘lib o‘tdi. Messi mukofotni nashr direktori Xuan Ignasio Gallardo va Amerika klubi xo‘jayini Xorxe Mas qo‘lidan qabul qilib oldi.

Ma’lumot uchun, Messi 2023 yil yozgi transfer oynasida “Inter Mayami”ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi Amerika klubining 18 ta uchrashuvida qatnashib, 17 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Messining “Inter Mayami” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning dekabrigacha amal qiladi. Umumiy hisobda forvard 46 ta jamoaviy, shuningdek, 56 ta shaxsiy mukofotga ega.

Eslatib o‘tamiz avvalroq Lionel Messi “Inter Mayami”da qancha maosh olishi xabar qilingandi. 

Futbolchi Qo‘shma Shtatlarda yiliga 135 million dollar maoshga egalik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Argentina Inter Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing