Messi JCHdan so‘ng klub safida dubl qayd etdi

Sport

image

Bugun, 6 avgust kuni “Inter Mayami” MLS + MX Liga kubogi doirasida “Atletiko San Luis”ni qabul qildi. Uchrashuvda Jahon chempionatidan keyin Messi ilk bor klub safida dubl qayd etdi.

O‘yin mezbonlarning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bahsning 4-daqiqasida amerikalik yarim himoyachi David Rodriges hisobni ochdi. Birinchi bo‘limda “Inter Mayami” raqib darvozasiga yana 3 ta to‘p kiritdi: Lionel Messi dubl qayd etdi, venesuelalik yarim himoyachi Telasko Segoviya va braziliyalik himoyachi Mikael dos Santos Silva ham bittadan gol urdi.

Ikkinchi bo‘limda mehmonlar Rafa Lorente orqali ikkinchi gollarini kiritishdi va uchrashuv 4:2 hisobida yakunlandi.

Messi 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin klub safidagi ilk gollarini urdi. Shuningdek, u bitta golli uzatmani ham amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, bu uchrashuv har ikki jamoa uchun ham Liga kubogining joriy mavsumidagi ilk uchrashuv bo‘ldi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing