Messi Jahon chempionati oldidan jarohat oldi
Sport
−
09:19 3419 1 daqiqa
Bugun, 25 may kuni “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi Jahon chempionati boshlanishi arafasida jarohat oldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
“Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi MLS doirasida “Filadelfiya Yunion”ga qarshi uchrashuvning 73-daqiqasida jarohati tufayli almashtirildi.
Fabritsio Romanoning yozishicha, Lionel Messi son mushaklarining cho‘zilishi sabab ehtiyot chorasi sifatida almashtirishni so‘radi. Uning mushaklarida jiddiy jarohat yo‘q. Messi muammoli hududni ortiqcha zo‘riqtirmaslik va qo‘shimcha shikastlanish xavfini oldini olish uchun o‘yinni davom ettirmagan.
Lionel Messi Argentina terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan edi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi FIFA Jahon chempionati joriy yilning 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Argentina “A” guruhida Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.

Live
Barchasi