Messi YeCHLda noodatiy rekord o‘rnatdi

Sport

image

Kecha, 25 oktyabr kuni Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-tur uchrashuvida parijliklar Isroilning “Makkabi” klubini qabul qildi. O‘yinda argentinalik hujumchi Lionel Messi ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. U ikkita gol urish barobarida, ikkita golga hammualliflik qildi. Jamoa 7:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Bu ularning joriy mavsumdagi eng nufuzli klub musobaqasidagi uchinchi g‘alabasi.

PSJ barcha turnirlarni hisobga olgan holda Messining klubdagi 50-uchrashuvini munosib nishonladi. Shu bilan birga, Messi rekord  o‘rnatdi – u 35 yoshu 123 kunligida Chempionlar ligasi o‘yinida “dubl” qayd etgan va ikki marta golli uzatmani amalga oshirgan eng keksa futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, “Oltin to‘p”ning yetti karra sohibi klub safiga 2021 yilning avgust oyida kelib qo‘shilgan edi, u avval faqat “Barselona” klubi safida to‘p surgan.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

messi EChL

Baholaganlar

721

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar