Messi va Ronaldu bir jamoada to‘p tepishi mumkin

Sport

image

Amerikaning “Inter Mayami” futbol klubi “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduni transfer qilish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda futbol jurnalisti Abdulaziz Al-Osaimiy o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Inter Mayami” prezidenti Devid Bekxem Ronaldu va argentinalik hujumchi Lionel Messini bir klubda o‘ynatmoqchi.

2022 yilning kuzida Ronaldu “Manchester Yunayted”da o‘ynaganida OAV Bekxem portugaliyalik hujumchi bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergan edi.

Joriy mavsumda Ronaldu barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda qatnashib, 41 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu Inter Mayami Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made