Messi tarixdagi eng ko‘p sovrin olgan futbolchiga aylandi
Sport
−
20 avgust 2023 9325 1 daqiqa
Lionel Messi tarixdagi eng ko‘p sovrin olgan futbolchiga aylandi. U “Inter Mayami” forvardi faoliyatidagi 44-unvonini qo‘lga kiritib, Liga kubogi g‘olibiga aylandi.
“Sports Illustrated” va boshqa bir qator manbalar xabariga ko‘ra, 36 yoshli argentinalik futbolchi faoliyati davomida 43 marta chempion bo‘lgan 40 yoshli braziliyalik himoyachi Dani Alvesdan o‘tib ketdi.
Messi “Barselona” bilan 10 marta La Liga g‘olibi bo‘lgan, 4 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, 8 marta Ispaniya Superkubogini, 7 marta Ispaniya kubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, uch marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va Yevropa Superkubogini qo‘lga kiritgan.
“PSJ” tarkibida u 2 marta Fransiya chempionati va bir marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Argentina terma jamoasi bilan Leo Jahon kubogi, Amerika kubogi, Olimpiada g‘olibi, yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati, shuningdek Finalissima g‘olibi bo‘ldi.
Live
Barchasi