Messi sovg‘a qilgan futbolka Xitoy vaksina kompaniyasini jonlantirib yubordi

Sport

image
0:00
0:00
download

Xabaringiz bor, joriy yilgi “Kopa Amerika” turniri Kolumbiya hamda Argentinada o‘tishi lozim edi. Biroq Kolumbiyadagi siyosiy vaziyat izdan chiqqani bois, bu mamlakat mezbon bo‘lish maqomidan mahrum bo‘ldi. O‘tgan oy Argentinada koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq holatlar jiddiylashib ketishi ortidan bu mamlakat ham chempionatni qabul qila olmasligi oydinlashdi.

Bunday vaziyatlarda katta turnirlarni o‘zida qabul qilishga odatlangan Braziliya darhol CONMEBOL’ga mezbon bo‘lish taklifini jo‘natdi. Tashkilot esa Braziliya tashabbusini ma’qullab, musobaqadagi barcha futbolchilar-u, murabbiylar hamda ishtirokchilar koronavirusga qarshi emlangan bo‘lishini asosiy shart qilib qo‘ydi

“The Guardian”  nashrining yozishicha, musobaqa tashkilotchilari Xitoyning “Sinovac” kompaniyasi vaksinalarini olishda muammoga duch kelgan. Gap shundaki, Xitoy tomoni bilan vaksina bo‘yicha muzokaralar vaqtning o‘ta tig‘izligi bois ,“boshi berk ko‘cha”ga kirib qolgan. 

Shunday vaziyatda tashkilotchilarga argentinalik futbolchi Lionel Messi yordam bergan. Leo dastxati tushirilgan uchta futbolkani “Sinovac” kompaniyasi rahbariyatiga yuboradi. Bunday tuhfadan o‘zgacha ruhlangan xitoyliklar jarayonni tezlatishga va 50 ming dona vaksinani o‘z vaqtida yuborishga va’da bergan.

Kamtarlik hamda adolat o‘rnida Messining o‘zi bu ma’lumotni tasdiqlamaganini ham aytib o‘tish lozim, ammo u buni inkor ham etmagan.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

146

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing