Messi serialda suratga tushdi

Sport

image

Argentina terma jamoasi va “Pari Sen Jermen” klubi hujumchisi Lionel Messi serialda suratga tushdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi 

Manbaga ko‘ra, argentinalik Lotin Amerikasining “Himoyachilar” nomli serialida suratga olishda ishtirok etgan. "Forvard" serialning ikkinchi mavsumida ko‘rinish beradi. Messi ishtirokidagi sahnalar 2023 yilda ekran yuzini ko‘radi.

Qayd etish joizki, Messi Argentina terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Lionel terma jamoa safida 162 ta o‘yinda maydonga tushib, 86 ta gol urgan. U terma jamoalar safida gol urish bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Undan oldinda malayziyalik sobiq hujumchi Moxtar Daxari (142 o‘yinda 89 gol), eronlik sobiq futbolchi Ali Dai (148 o‘yinda 109 gol) va portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu (187 o‘yinda 117 gol) bor.

Avvalroq, Messi bitta uchrashuvda 5 ta gol urgani haqida xabar berilgan edi. Shundan so‘ng u o‘zini qo‘llab quvvatlagan barcha muxlislarga minnatdorlik bildirgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

305

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing