Messi “ser sariq kartochkali” hakam ishidan norozi bo‘ldi

Sport

image

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi kecha, 9 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Argentina-Niderlandiya chorak final uchrashuvini boshqargan bosh hakam Antonio Mateu Laosning ishidan norozi bo‘ldi. Bu haqda "TyC Sports" nashri xabar berdi.

"Men g‘azabdaman, chunki bu shunday tugamasligi kerak edi. Hakamning ishi haqida gapirmoqchi emasman. Negaki barcha o‘yin davomida uni qanaqa hakamligiga guvoh bo‘ldi. Men FIFA’ga yuzlanmoqchiman. Ular bu holatni ko‘rib chiqishi kerak. O‘ylaymanki, FIFA yuqori standartlarga javob bermaydigan bunday hakamni qo‘ymasligi kerak edi", deydi 35 yoshli futbolchi.

Ta’kidlash joizki, Argentina-Niderlandiya o‘yinida hakam Laos futbolchilarga jami 15 ta sariq kartochka ko‘rsatgan.

Messi, shuningdek, hech bir jarohat olish, o‘yinchi almashishi uchun ortiqcha vaqt ketishi sodir bo‘lmagan o‘yinga yana 10 daqiqa qo‘shib berilganidan ham noroziligini, hakamning bu qarori raqib jamoa hisobni tenglashtirishi uchun atay qilingan degan gumonda ekanligini aytib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, Argentina terma jamoasi penaltilar seriyasida Niderlandiyani mag‘lub etdi va yarim finalga yo‘l oldi va u yerda Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing