Messi Ronalduga yetib oldi

Sport

image

Argentinalik hujumchi Lionel Messi Jahon chempionati saralashi doirasida Boliviyaga qarshi o‘yinda 3 ta gol urdi va terma jamoa safidagi xet-triklar soni bo‘yicha portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduga yetib oldi. Bu haqda “Squawka” xabar berdi.

Argentina 15 sentyabr kuni JCH-2026 saralashining 10-turida Boliviyani 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Messi 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shunday qilib, Messi terma jamoadagi xet-triklari sonini Ronaldu kabi 10 taga yetkazib oldi. U, shuningdek, Janubiy Amerika qit’asida Jahon chempionati saralash bosqichida 3 ta xet-trik qayd etgan birinchi futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi “Oltin oyoq” mukofotiga nomzod bo‘lgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu xet-trik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made