Messi PSGni tark etish niyatida emas – OAV

Sport

image

PSJ futbolchisi Lionel Messi kelasi mavsumda ham Parij klubida o‘ynashda davom etadi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.

Messining PSJ bilan shartnomasi tugashiga yana bir yil qoldi. Ammo matbuaot tinimsiz ravishda Leoning PSJda baxtli emasligi va u jamoadan ketish niyatida ekanligi haqida yozmoqda.

Manbaga ko‘ra, PSJ klubi rahbariyati Messining kelajagi haqidagi taxminlardan hayratda qolgan. Sababi, argentinalik futbolchi hech qachon PSJdan ketish haqida o‘ylamagan.

Bugun, 20 aprel kuni “PSJ” “Anje” bilan o‘ynaydi. Messining bu o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida. Ushbu o‘yinda parijliklar g‘alaba qozonishsa, Liga 1 ning 2021/2022 yilgi mavsumida rasman chempionlikni qo‘lga kiritishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2021 yilning yozida “Barselona”dan PSJga o‘tgan edi. 34 yoshli argentinalik hujumchi joriy mavsum Fransiya chempionatda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning fransuz klubi bilan shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing