Messi PSJ mashg‘ulotlarini erta yakunladi

Sport

image

PSJ hujumchisi Lionel Messi jamoa mashg‘ulotlarini muddatidan avval tark etdi. Bu haqda “Get French Football News” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Messi mushaklarida noqulaylik his qilgan. Shu boisdan uning “Renn” bilan o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida.
Ko‘pgina OAV tomonidan Messi jamoa bosh murabbiyi Kristof Galtedan norozi bo‘lgani uchun mashg‘ulotni tark etgani haqida ham xabar tarqaldi.

Messi 2021 yildan beri PSJda o‘ynab kelmoqda. Argentinalik futbolchi bilan ikki mavsum davomida parijliklar Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘ta olmayapti. 

Bu mavsumda fransuz grandi ushbu bosqichda “Bavariya” bilan to‘qnash keldi va ikkala uchrashuvda ham nemis jamoasiga yutqazdi. Messi myunxenliklar bilan o‘yinlarda birorta ham samarali harakatni amalga oshirolmadi.

35 yoshli futbolchining PSJ bilan shartnomasi shu yilning iyun oyida yakuniga yetadi. Messining PSJdagi kelajagi haqida hech narsa ma’lum emas.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing