Messi Pelening rekordini takrorladi
Sport
−
02 mart 963 1 daqiqa
“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jarima zarbalaridan urilgan gollar soni bo‘yicha braziliyalik afsona Pelening natijasiga yetib oldi. Bu haqda “Ratopati” nashri xabar berdi.
Bugun, 2 mart kuni MLS muntazam mavsumi doirasida “Orlando Siti”ga qarshi uchrashuvda Messi dubl qayd etdi. Argentinalik hujumchi ikkinchi golini jarima zarbasidan kiritdi va shu orqali u Pelening ko‘rsatkichini takrorladi.
Shu tariqa, Messi va Pele futbol tarixida jarima zarbalaridan eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. Bu boradagi rekord esa braziliyalik sobiq yarim himoyachi Junino Pernambusanoga tegishli. U faoliyati davomida 77 ta jarima zarbasini golga aylantirgan.
Ma’lumot uchun, Messi sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi. Uning professional faoliyati 2003 yilda boshlangan. U “Inter Mayami”dan tashqari “Barselona” va “Pari Sen-Jermen” klublarida ham to‘p surgan.
Live
Barchasi