Messi Parijda, Yaxshiboyev Madridda: yarim tunda nimalar bo‘lib ketdi?
Sport
−
29 Sentabr 2021
16492Chempionlar Ligasi 2-turida turnir debyutanti Moldovaning “Sherif” jamoasi Ispaniyaning “Real Madrid” klubiga qarshi mehmonda bahs olib bordi. Ushbu uchrashuvda qirollik klubi 1:2 hisobida o‘z uyida yengildi.
Dastlab, o‘yinning 25-daqiqasida o‘zbekistonlik futbolchi Jasur Yaxshiboyev “Real” davrozasini qo‘riqlayotgan Kurtuaga gol urdi va shu tariqa hisob ochildi. Ammo hujumchi 57-daqiqada jarohat olib, maydonni tark etdi.
Hisobni Benzema 65-daqiqada tiklagan bo‘lsa, 89-daqiqada Till tomonidan kiritilgan super gol evaziga turnirda ilk bosh ishtirok etayotgan “Sherif” g‘alabani qirollik klubidan tortib oldi.
Bundan tashqari, kecha yarim tunda fransiyaning PSJ jamoasi Angliyaning “Manchester Siti” klubiga qarshi bahs olib bordi. Ushbu uchrashuv nafaqat parijliklarning g‘alabasi bilan, balki Messining PSJ safidagi ilk goli bilan esda qolarli bo‘ldi.
O‘yinning 8-daqiqasida Gay tomonidan hisob ochilgan bo‘lsa, argentinalik forvardning 76-daqiqada “Siti” darvozasiga kiritgan to‘pi o‘yinga yakun yasada. Parijliklar 2:0 hisobida shaharliklardan ustun keldi.
LiveBarchasi