Messi oxirgi “Oltin to‘p”ini “Barselona” muzeyiga topshirdi

Sport

image

Argentina terma jamoasi va Amerikaning “Inter Mayami” klubi a’zosi Lionel Messi faoliyatidagi sakkizinchi “Oltin to‘p”ni “Barselona” muzeyiga sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Mikel Baskes xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Messi “Barselona” futbolchisi sifatida sovrinni qo‘lga kiritmagan bo‘lsa ham, uni dunyoga tanitgan klubga hurmat izhor qilgan holda sakkizinchi sovrinini ham Kataloniya klubiga topshirgan.

E’tiborlisi, futbolchining qolgan 7 ta “Oltin to‘p” sovrini ham “Barselona” muzeyida saqlanmoqda. 

Ma’lumot uchun, Lionel Messi tarixda eng ko‘p “Oltin to‘p” yutgan futbolchi hisoblanadi. Bu borada Messidan keyingi o‘rinni Krishtianu Ronaldu egallagan. Portugaliyalik futbolchi hisobida 5 ta “Oltin to‘p” mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lionel' Messi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing