Messi og‘ir jarohatdan qutulib qoldi (video)

Sport

image

PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2022 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichining 7-turida og‘ir jarohatdan qutulib qoldi. Uchrashuvda Argentina Venesuela ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi taymning 27-daqiqasida venesuelalik himoyachi Luis Martines PSJ futbolchisining tizzasiga oyoqning tag qismi bilan zarba berdi. Dastlab bosh hakam Martinesga sariq kartochka ko‘rsatdi, biroq VAR tizimi orqali vaziyatni kuzatib, o‘yinchini maydondan chetlatdi.

Argentina terma jamoasi sardori ushbu vaziyatda og‘ir jarohat olmadi. U joriy yilning 6 sentyabr kuni peshqadam Braziliya terma jamoasiga qarshi bahsda jamoadoshlarini maydonga boshlab tushadi.

Ma’lumot uchun, Messi Argentina terma jamoasi bilan joriy yil iyul oyida ilk marta Amerika kubogida zafar quchib, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Argentina VAR Jahon chempionati - 2022 Luis Martines

Baholaganlar

437

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing