Messi MLSda oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Sport

image

“Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi MLSda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.

Oktyabr oyida 37 yoshli futbolchi MLSning 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bundan tashqari, Lionel Messi liga tarixida zaxiradan maydonga tushganda 3 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan birinchi futbolchi bo‘lib, MLS rekordini o‘rnatdi. Shunday qilib, Messi “Inter Mayami” tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Argentinalik futbolchi klub uchun 33 ta gol urdi va floridaliklar safida 32 ta gol urgan ekvadorlik hujumchi Leonardo Kampanani ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, hozirda “Inter Mayami” 34 o‘yinda 74 ochko to‘plab, muntazam mavsumda 1-o‘rinni egallab turibdi. Jamoaning eng yaqin ta’qibchisi “Kolambus Kryu” hisobida esa 66 ochko mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Inter Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made